Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryoda “Yosh mobilograflar maktabi” loyihasi ilk bitiruvchilarini tayyorladi

error

2005-12-13

Surxondaryoda “Yosh mobilograflar maktabi” loyihasi ilk bitiruvchilarini tayyorladi

Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yosh mobilograflar maktabi” o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Mazkur loyiha yoshlar orasida media savodxonlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalar asosida kontent yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. U doirasida yoshlarga ijtimoiy tarmoqlarda ishonchli axborot tarqatish, feyk xabarlarni ajratish va manbalar ishonchliligini baholash bo‘yicha bilimlar berildi.

Loyihaning birinchi mavsumi doirasida Surxondaryo viloyatidan 50 nafardan ortiq yoshlar o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi. Kelgusida har yili ming nafar yoshni zamonaviy media yo‘nalishlari bo‘yicha bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Bir oylik intensiv o‘quv dasturi davomida ishtirokchilar smartfon orqali foto va video olish, kadr kompozitsiyasi, yorug‘lik va rang bilan ishlash, syujet yaratish hamda dron bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Kurs natijasida ko‘plab ishtirokchilar frilans yo‘nalishida ilk daromadlarini topishga muvaffaq bo‘lmoqda.