Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryo vakili Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi

error

2025-12-22

Surxondaryo vakili Respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi

Toshkent shahrida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda nominatsiyalar bo‘yicha hududiy bosqich g‘oliblari ishtirok etib, o‘z tajriba va tashabbuslarini namoyish etdilar.

Quvonarlisi, "Obod xonadon" nominatsiyasi bo‘yicha Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni Surxondaryo viloyati Termiz tumani Qahramon mahallasida istiqomat qiluvchi xonadon egasi Xalbayev Babayor Mamatovich qo‘lga kiritdi. G‘olibga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi — "Damas" avtomobili topshirildi.

Ushbu yutuq Surxondaryoda obod va namunali xonadonlar soni ortib borayotganining yorqin ifodasi bo‘lib, Babayor Xalbayev xonadonini viloyatimiz jamoatchiligi nomidan samimiy muborakbod etamiz.