Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🔰Bugun, Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

error

2026-01-05

🔰Bugun, Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✅Zoom platformasi orqali bo'lib o'tgan yig'ilishda boshqarma xodimlari,  tuman (shahar)lardagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari hamda viloyatdagi barcha hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

❇️ Yig'ilishni viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Boxodir Abdurayimov olib bordi.  

Unda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

✅Jumladan, sohada sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgan dasturiy vazifalar, mahallalarni kambag'allikdan chiqarish, 2026-yil rejalari, hokim yordamchilarining ko'rsatkichlari va "Xolis Paynet" dasturiga tadbirkorlarning ulanishi bo'yicha targ'ibot etish masalalari muhokama qilindi.