Yangiliklar
Yangiliklar
2026-12-11
Surxondaryoda mehnat migrantlari farzandlari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi
Yangi yil bayrami munosabati bilan bugun Termiz shahridagi tantanalar majmuasida "Xorijdagi vatandoshlarimiz oilalari doimiy e’tiborda" shiori ostida xayriya va ko‘ngilochar bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Migratsiya agentligining Surxondaryo viloyati hududiy filiali rahbari Rustam Choriyev ishtirok etib, so‘zga chiqdilar. Ular o‘z nutqlarida mehnat migrantlari va ularning oilalari, ayniqsa, farzandlarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladilar.
Bayram tadbiri doirasida bolajonlar uchun rang-barang madaniy-ko‘ngilochar chiqishlar va konsert dasturlari namoyish etildi. Shuningdek, tadbirga taklif etilgan har bir bolaga Yangi yil sovg‘alari ulashilib, ularga ko‘tarinki bayramona kayfiyat bag‘ishlandi.