Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-13
2 kundan so‘ng aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish boshlanadi
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ul xodimlari, boshqarma xodimlari hamda tuman shahar bo'limi xodimlari ishtirokida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:
✔️1-bosqich — 15–31-yanvar kunlari
Fuqaro census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
✔️2-bosqich — 4–28-fevral kunlari
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshetlar orqali ro‘yxatga olish jarayonini amalga oshiradi.
❗️ Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish faqat “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan o‘tkaziladi.
Bunda fuqarolardan hech qanday SMS-kod yoki pul mablag‘lari so‘ralmaydi.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing