Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Prezident qaroriga muvofiq:

error

2026-01-16

Prezident qaroriga muvofiq:

➖«Kitob – ma’rifat manbai» loyihasi doirasida aholi o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish va yilga o`rtacha 10 ta kitob o`qish maqsadi joriy etiladi (2026–2030 yillar);

➖«Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg`armasi» loyihasi orqali kitobxonlar, mualliflar va tarjimonlar uchun grant va mukofotlar beriladi, grant miqdori BHMning 150 barobarigacha (61 mln 800 ming so`mgacha) (2026–2030 yillar);

➖«Jadidlar izidan» kitobxonlik klubi loyihasi asosida maktab o`quvchilari yilga kamida 20 ta kitob o`qishi ta’minlanadi, faol ishtirokchilar BHMning 15 barobarigacha (6 mln 180 ming so`mgacha) rag`batlantiriladi (2026 yildan);

➖«Iste’dodli mualliflar» loyihasi orqali yosh yozuvchi va tarjimonlarga BHMning 50 barobarigacha (20 mln 600 ming so`mgacha) mukofotlar beriladi (2026–2030 yillar);

➖«Jahon adabiyoti o`zbek tilida» loyihasi doirasida xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish xarajatlarining 80 foizigacha qismi qoplab beriladi, har bir loyiha uchun BHMning 600 barobarigacha (247 mln 200 ming so`mgacha) (2026–2030 yillar);

➖«Milliy kitob tarjimasi va nashri» loyihasi uchun 2026-yildan boshlab har yili BHMning 60 ming barobarigacha (24 mlrd 720 mln so`mgacha) mablag` ajratiladi (2026–2030 yillar);

➖«Kitobxonlik reytinglari» loyihasi orqali eng faol kitobxonlar aniqlanib, har bir g`olib BHMning 30 barobari miqdorida (12 mln 360 ming so`m) pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi (2026 yildan);

➖«330 ta mahalla kutubxonasi» loyihasi asosida mahalla kutubxonalari zamonaviy formatga o`tkaziladi, har bir kutubxona uchun BHMning 180 barobarigacha (74 mln 160 ming so`mgacha) mablag` ajratiladi (2026 yil);

➖«Top 100 kitobxon» loyihasi doirasida o`quvchi va talabalar orasida eng ko`p kitob o`qiganlar taqdirlanadi, har biriga BHMning 45 barobari miqdorida (18 mln 540 ming so`m) pul mukofoti beriladi (2026 yildan);

➖«Mutolaa» raqamli platformasi loyihasi orqali jamoat transporti va infratuzilma ob’ektlarida elektron va audiokitoblardan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi (2026–2030 yillar).