Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-22
Rasmiy munosabat
Surxondaryo viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida barcha texnikum oʻqituvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinganligi toʻgʻrisida tarqalgan xabarlar yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Mazkur oʻrganish yakuniga koʻra, Surxondaryo viloyatidagi mavjud texnikum xodimlari bilan mutaxassislar tomonidan suhbatlar oʻtkazilib, tushuntirishlar olindi. Toʻplangan hujjatlarga koʻra, viloyatdagi texnikum xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish holatlari oʻz tasdigʻini topmadi.
Surxondaryo viloyati kasbiy taʻlim boshqarmasi rahbariyatiga oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmasligi yuzasidan ogohlantirilganligini maʻlum qilamiz.