Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

error

2026-01-23

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. 

 Davlatimiz rahbari kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan avval 2025-yil yakunlariga qisqacha to‘xtaldi. 

 O‘tgan yili iqtisodiyotimiz dastlabki prognozga nisbatan ancha yuqori, ya’ni 7,7 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmi 147 milliard dollardan oshgani ta’kidlandi. 

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘sish sur’atlari 2024-yilgidan yuqori bo‘ldi. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 43 milliard dollarga, eksport hajmi 33,8 milliard dollarga yetdi. 

 Yuqori iqtisodiy faollik, o‘sayotgan iste’mol talabiga qaramasdan, inflyatsiya darajasi 2024-yildagi 9,8 foizdan 7,3 foizga pasaydi. 

 “Nima uchun bu raqamlarni aytyapman? Chunki iqtisodiy o‘sish qanchalik barqaror bo‘lsa, infratuzilmani yaxshilashga ko‘proq mablag‘ boradi. Bu pirovardida bandlik, daromad va turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi”,

 – dedi Prezidentimiz.