Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🔺Mehnat kodeksining 209-moddasiga muvofiq, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi.

error

2026-01-24

🔺Mehnat kodeksining 209-moddasiga muvofiq, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi.

Ushbu norma, avvalo, xodimning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy kafolat hisoblanadi.

🔻NIMA UCHUN BU MUHIM❓

🔹 Sog‘liqqa salbiy ta’sir

Dam olishsiz mehnat qilish charchoq, stress, asabiy zo‘riqish va kasb kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ish jarayonida jarohatlanish xavfini bir necha barobar oshiradi.

🔹Mehnat xavfsizligiga tahdid

Xodim dam olmagan holda ish bajarsa, e’tibor susayadi, xavfli ish usullari qo‘llanilishi ehtimoli ortadi. Natijada baxtsiz hodisalar yuzaga kelishi mumkin.

🔹Oila va bolalar oldidagi mas’uliyat

Dam olish kunlari — oila, bolalar tarbiyasi va shaxsiy tiklanish uchun ajratilgan vaqtdir. Ushbu huquqning buzilishi ijtimoiy muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔹Kasb kasalliklari va mehnatga layoqatni yo‘qotish

Muntazam ravishda dam olish kunlarida ishlash uzoq muddatda kasb kasalliklariga, mehnat qobiliyatining pasayishiga va kasbiy mehnat layoqatini yo‘qotish holatlariga olib keladi.

🔔 XULOSA:

209-moddada belgilangan taqiq — formal talab emas, balki xodimning hayoti, sog‘lig‘i va farovonligini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizmdir.

❗️O‘zini va yaqinlarini hurmat qilgan ish beruvchi ham, xodim ham, shu postni yozgan ham ushbu normaga qat’iy rioya qilishi shart.