Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-27
✔️Xonadonlarning ko‘cha qismida “uzum ishkomi” tashkil etish loyihasi bo‘yicha Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26-yanvar kuni viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish shu’basi tomonidan “Xonadonlarning ko‘cha qismida uzum ishkomi tashkil etish” loyihasi mavzusida Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari, shuningdek viloyatlar hamda tuman (shahar)larning Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘limlari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga muvofiq, Uzun tumani “Yangi ro‘zg‘or” mahallasi tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi. Xususan, tumandagi 9 ta mahalla tanlab olinib, bugungi kunga qadar 4 kilometrdan ortiq ko‘chalarda uzumchilik (tok so‘risi) tashkil etildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, kam ta’minlangan oila xonadonlarining ko‘cha va ichki tomorqalarida uzumchilik (tok so‘risi) tashkil etish uchun BHMning 20 baravarigacha, ya’ni 8 240 000 so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilangan.
Mazkur loyiha doirasida “voish” usuli, ya’ni toklarni vertikal yo‘nalishda balandlikka o‘stirib, soyabon shaklida parvarishlash usuli qo‘llanilmoqda. Ushbu usul orqali:
⚡️xonadonlar daromadini oshirish;
⚡️bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish;
⚡️yuqori hosildorlikka erishish;
⚡️tabiiy soyabon va salqinlik yaratish imkoniyati mavjud.
Natijada, har bir xonadon yiliga o‘rtacha 650–700 kg uzum hosili yetishtirib, 13–14 million so‘m miqdorida qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Qoʻshimcha maʼlumot va tavsiyalar olish uchun, Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish shuʼbasiga bogʻlanishlari mumkin.
Tel: 97-810-67-67, 88-531-27-27