Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-28
Yoshlarning ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishi uchun usta dehqonlar biriktirilmoqda
Prezidentimiz raisligida joriy yil 23-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida usta dehqonlarni biriktirish, ularning ilg‘or tajribasini ommalashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Bugun ushbu vazifalar ijrosi doirasida Jarqo‘rg‘on tumani Qo‘shtepa mahallasida bo‘lib, yoshlarga auksion orqali dehqonchilik qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida usta dehqonlarni "Ustoz–shogird" an’anasi asosida biriktirish ishlari bilan tanishdi.
Yoshlar bilan muloqot qilinib, mazkur tajribadan unumli foydalanish orqali hosildor, daromadli va eksportbop mahsulotlar yetishtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.