Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida Qumqo'rg'on tumanining kriminogen vaziyati og‘ir, qizil toifadagi “Beshqahramon” mahallasida 16 toifa shaxslar ishtirokida sayyor qabul hamda “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ishtirokchilarning kasbiy mutaxassisligi hamda qobiliyatidan kelib chiqqan holda ta’lim, tibbiyot, bank-kredit sohasi, tadbirkorlik, texnik mutaxassisliklar, qurilish, chilangarlik, savdo menejeri va boshqa kasb yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
Shuningdek, aholining bandligini oshirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va mahallada barqaror va xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan aniq manzilli vazifalar belgilab olindi.