Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-04
📣 “Eng faol hokim yordamchisi - 2025” tanlovining 1-bosqichi yakunlandi
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zolarining bandligini ta’minlash hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish yo‘nalishida samarali faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarini aniqlash maqsadida e’lon qilingan “Eng faol hokim yordamchisi - 2025” tanlovining 1-bosqichi yakunlandi.
Mazkur bosqich yakunlariga ko‘ra, jamoatchilik ishtirokida eng faol 10 nafar hokim yordamchisi aniqlandi.
🏅 1-bosqich g‘oliblari:
1. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani - “Ehtirom” mahallasi
2. Toshkent shahri, Olmazor tumani - “Quyosh” mahallasi
3. Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani - “Qashqarguzar” mahallasi
4. Jizzax viloyati, Jizzax shahri - “A. Temur” mahallasi
5. Navoiy viloyati, Navbahor tumani - “Ko‘hron” mahallasi
6. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani - “Jannatmakon” mahallasi
7. Navoiy viloyati, Navbahor tumani - “Navbahor” mahallasi
8. Navoiy viloyati, Navbahor tumani - “Kelachi” mahallasi
9. Toshkent shahri, Yunusobod tumani - “Sobirobod” mahallasi
10. Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani - “Poshxurt” mahallasi
❗️ Ma’lumot uchun: 1-bosqich g‘oliblarini taqdirlash marosimi 16-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.