Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Prezidentimiz raisligida joriy yil 23-yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Denov tumani Chuqurqishloq mahallasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

error

2026-02-10

Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi

Prezidentimiz raisligida joriy yil 23-yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Denov tumani Chuqurqishloq mahallasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, infratuzilmani yaxshilash maqsadida mahalla hududida 2 kilometrga yaqin ichki yo‘l asfaltlandi. Shuningdek, yashash sharoiti og‘ir, boquvchisi nogiron bo‘lib qolgan oila uchun yangi uy-joy qurish ishlari boshlab yuborildi.

Viloyat rahbari o‘tgan safargi o‘rganish davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ham ko‘zdan kechirib, 49 ta oilaga kartoshka yetishtirish uchun urug‘liklar topshirish jarayonida ishtirok etdi hamda 11 gektar maydonda baliqchilikni rivojlantirish loyihasiga start berdi.

Shu bilan birga, mahalla fuqarolar yig‘ini uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi bino qurish loyihasi taqdim etildi. Ushbu binodan yerto‘la qismida xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini joylashtirish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi barcha loyihalar ijrosini izchil va manzilli davom ettirish, ishlar sifatini ta’minlash hamda mahallani infratuzilmasi rivojlangan, ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.