Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan mehnat yarmarkasi, vazir o‘rinbosari va viloyat boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi.

error

2026-02-12

Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Bugun, 12-fevral kuni Termiz shahridagi San’at saroyi binosida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada ishsiz fuqarolar, joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini bitirayotgan yoshlar, kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganish istagidagi yoshlar, migratsiya va probatsiyadan qaytgan fuqarolar — jami 850 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.

📑Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Muratov hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Boxodir Abdurayimov qatnashdi. Ular mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, imtiyozli kredit va subsidiyalar olish tartibi hamda osonish.uz platformasi haqida ma’lumot berdi.

🏬Yarmarkada viloyatda faoliyat yuritayotgan 1024 ta korxona va tashkilot 2883 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra:

53 nafar fuqarolarga ishga joylashish maqsadida korxona va tashkilotlarga yo‘naltirildi;

7 nafar fuqarolarga kasbga o‘qitish kurslari uchun vaucherlar berildi;

10 nafar fuqaroning oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida imtiyozli kredit olish uchun arizasi qabul qilindi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari va viloyat boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi.

Sayyor qabulda 

62 nafar fuqaroning murojaati

 tinglandi. Shundan 42 tasi joyida hal etildi, 5 nafar fuqaroga kasbga o‘qitish kurslari uchun vaucher berildi. Qolgan 15 ta murojaat ijobiy hal etish uchun mas’ullarga yo‘naltirildi.

🙋Mazkur tadbir aholi bandligini ta’minlash va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.