Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Joriy yilning 16-fevral kuni Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan “Termiz MTU” filiali hududidagi korxona va stansiyalarning bosh muhandislari, MM va TX muhandislari, xodimlar bo‘limi boshliqlari hamda kasaba uyushma raislari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

error

2026-02-17

⚖️ Mehnat muhofazasi – xavfsiz mehnat va barqaror kelajak kafolati!

Joriy yilning 16-fevral kuni Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan “Termiz MTU” filiali hududidagi korxona va stansiyalarning bosh muhandislari, MM va TX muhandislari, xodimlar bo‘limi boshliqlari hamda kasaba uyushma raislari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat muhofazasi nizomlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni amaliyotga samarali tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.

Seminarda Mehnat inspeksiyasi mutaxassi Zafar Xayitmurodov tomonidan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ish beruvchilarning majburiyatlari hamda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.