Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-17
Sho‘rchi tumanida banan yetishtirishdagi ilg‘or tajribalar ommalashtirilmoqda
ZOOM platformasi orqali aholi tomorqalarida banan yetishtirishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi onlayn o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari hamda sitrus mevalar yetishtiriladigan MFYlar hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Seminar davomida issiqxona sharoitida samarali agrotexnologiyalarni qo‘llash, hosildorlikni oshirish hamda aholi tomorqalaridan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, banan yetishtirishni daromadli yo‘nalishga aylantirish, mahsulotni ichki bozorlarga yo‘naltirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.