Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-17
Jazoni ijro etish muassasasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yichа seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 17-fevral kuni Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 4-mintaqaviy hudud 41-son manzil-koloniyada seminar tashkil etildi.
Seminarda shahodatlangan va erkin yollanma ishchi-xizmatchilar, shuningdek, foydali mehnatga jalb etilgan jazoni o‘tayotgan mahkumlar ishtirok etdi.
Mazkur seminar davomida Mehnat inspeksiyasi mutaxassi Zafar Xayitmurodov tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablari, ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda mehnat qonunchiligiga amal qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.