Yangiliklar
Yangiliklar
2023-11-27
Surxondaryolik Afruza Hamdamova jahon chempioni!
Italiyaning Montesilvano shahrida o‘tgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchi, 14 yoshli Afruza Hamdamova g‘olib bo‘lib, jahon chempioni bo‘ldi. U ayol shaxmatchilarimiz orasida o‘smirlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni sifatida O‘zbekiston shaxmati tarixiga kirdi.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan, faxrimizga aylangan chempion Afruza Hamdamova bugun tantanali kutib olindi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan chempionimizning o‘zi 100 mln, murabbiyi 50 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Sportchimiz va yaqinlarini hamda butun o‘zbekistonimiz ahlini erishilgan natija bilan muborakbod etamiz.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing