Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Термиз шаҳрида 60 нафар хотин-қизлар касб-ҳунарга ўқитилиб, тикув машиналари билан таъминланди.

error

2023-11-22

🗣Termiz shahrida 60 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilib, tikuv mashinalari bilan ta’minlandi.

⏺Bugun, Termiz shahridagi "Yoshlar sayilgohi" da keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mahallalardagi "Ayollar daftari" ga kiritilgan 60 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganligi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

⏺Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Ayollar daftari" ga kiritilgan 60 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun kerak bo‘lgan tikuv mashinalari bilan ta’minlandi.

Ayollar daftari — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

https://t.me/surxonbandlik