Yangiliklar
Yangiliklar
2024-01-05
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "БОЙСУНЛИК МУШТУМЗЎР БИЗНИ УРИБ ИШЛАТИБ ПУЛИМИЗНИ БЕРИШМАДИ" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat yuzasidan
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ushbu holat Boysun tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilganda Boysun tumani "Qizilnav" mahallasida yashovchi fuqaro F.Qodirov bir guruh fuqarolarni ishlatib, ish xaqlarini o‘z vaqtida bermaganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan barcha o‘rganishlar olib borilgach fuqarolar B.Safarov, N.Qodirov, N.Zoirov va G.Aydinovlarning ish xaqlarini undirish maqsadida Boysun tuman davlat mehnat inspektori D.Mo‘minov tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudiga da’vo arizasi kiritilgan.