Yangiliklar
Yangiliklar
2024-02-28
2024 yil 1 yanvar holatiga viloyatda mehnat resurslari 1 489,6 ming nafar, ish bilan band bo‘lganlar 1 011,2 ming nafar. Ishsizlar soni 80,6 ming nafar, ishsizlik darajasi 7,4 foiz, tashkil etadi.
Ishsizlarning asosiy qismi Termiz (8,1 foiz), Boysun, Sho‘rchi (8,0 foiz), Bandixon (7,8 foiz), Qiziriq va Sariosiyo (7,7 foiz), Muzrabot, Qumqo‘rg‘on va Oltinsoy (7,6 foiz), Uzun (7,5 foiz) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan tadbirlar:
Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida viloyatdagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan 2 628 nafar fuqarolarga bandlik xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan:
Ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
Korxona, tashkilot va muassasalardagi mavjud vakant (kvota) ish joylariga 921 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.
98 nafar ishsizlar moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
Kasb-hunarga o‘qitish
Mehnat bozori hamda bandlik sohasida talab yuqori bo‘lgan kasblarga 827 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga yuborildi.
Jamoat ishlarini tashkil etish.
Jamoat ishlari jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan jami 782 nafar aholini jamoat ishlariga jalb qilindi.