Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son qarori

error

2024-03-26

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-son

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMIYATLARIGA TEGISHLI TASHKILOTLARNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH HAMDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAgi qaroridan:

2023-yil 1-yanvarga qadar yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritilishini tashkil etish;

Bunda, Reyestr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida yuritiladi, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan o‘zaro elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish o‘rinlari va sharoitlarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini talab qilish tartibini bekor qilish.

Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib reja-jadvallaridagi xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida joylashgan hududi bo‘yicha tegishlicha Reyestrga kiritilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni shartnoma asosida sotib oladi.

Bunda, barcha davlat buyurtmachilari yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslardan xarid qilingan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining yoki yuqori turuvchi tashkilotlarning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda joylashtirib boradi.

Kanalga ulanish👇