Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-25
Rasmiy munosabat
Kuni kecha, Qumqo‘rg‘on yangiliklari Telegram kanalida "Sherobod tumanidagi tekstil korxonasining ishchi-xodimlariga necha oydan beri oylik maoshi berilmagani to‘g‘risidagi murojaati e’lon qilindi.
Ushbu holat Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi. Sherobod tumandagi “SHEROBOD TEKSTIL INVEST” MCHJning 23 nafar ishchi xizmatchi xodimlaridan jami 19 102 023 so‘m miqdorda ish haqlardan qarzdorlik mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu xodimlarning oylik maoshini undirilishi maqsadida tuman inspeksiyasi tomonidan Sherobod tumanlararo Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga ish haqlarini undirilishi yuzasidan sud buyrug‘ini chiqarilishi uchun da’vo arizasi kiritildi.
✅Bosh boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️
Telegram (http://t.me/surxonbandlik)|web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)|facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)