Yangiliklar
Yangiliklar
2024-04-30
Surxondaryo viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan 2024-yilning yanvar-mart oylari davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
MA’LUMOT
Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan, 2024-yil 3-oyi davomida jami 771 ta korxona va tashkilotlar o‘rganildi, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 1 811 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi, ushbu qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha 337 ta yozma ko‘rsatma kiritilib, 557 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 1 mlrd. 370 mln. so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, shundan 401 mln. 593 ming so‘m miqdordagi jarimalar undirilib, jamg‘arma hisob raqamiga tushirildi.
Aniqlangan jami 771 ta korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilgan 1 811 ta (shundan mehnat va aholi bandligi qonun hujjatlari buzilishida 706 ta, mehnatni muhofaza qilishda 1105 ta) qonunbuzilishlar aniqlangan.
Mehnat va aholi bandligi qonun hujjatlari buzilishida jami 706 ta aniqlangan qonunbuzarlik turlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etmaslik yoki yashirish 227 ta, ta’tillar berilishida 93 ta, mehnat daftarchasi yuritilishida 98 ta, mehnat shartnomalarni noto‘g‘ri tuzilishida 95 ta, mehnatga haq to‘lashda 62 ta, ishdan noqonuniy bo‘shatishda 23 ta, o‘rindoshlik hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlashda 20 ta va boshqa qonunbuzarliklar bo‘yicha 88 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Mehnatni muhofaza qilishda jami 1 105 ta aniqlangan qonunbuzarlik turlari bo‘yicha xodimlar yo‘riqnomadan o‘tkazilmagan 632 ta, xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish tashkil etilmagan 162 ta, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Nizom, ish reja, chora-tadbir ishlab chiqilmagan 157 ta, maxsus kiyim va himoya vositalari bilan ta’minlanmagan 13 ta va boshqa qonunbuzarliklar bo‘yicha 141 ta qonunbuzilishlar aniqlangan.
Bundan tashqari, korxona va tashkilotlarda 18 ta ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sodir bo‘lib, unda 22 nafar fuqaro jabrlangan.
2024-yilning 3 oyi davomida Davlat mehnat inspeksiyasiga jami 862 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 631 nafar fuqarolarning murojaati qanoatlantirib, buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish, tovon pulini undirish va ishga tiklash haqidagi jami 68 ta da’vo arizalar sud organlariga kiritilgan bo‘lib, shundan 46 ta da’vo arizalar qanoatlantirib, fuqarolarning buzilgan mehnat huquqlari tiklangan va 306 mln 700 ming so‘m ish haqlari undirib berildi.
Umid Prakiyev
Surxondaryo viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig'i