Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

error

2024-05-17

#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

 

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Yaqubov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, korrupsiyaga qarshi kurashish viloyat Kengashi kotibi S.Abduraimov, viloyati Prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i  R.Ibragimov, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura huzuzridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamintining viloyat boshqarmasi tashkiliy nazorat va tahlil bo'limi katta inspektori O.Abdullayev  tizimda ochiqlikni ta’minlash, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar yo'nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi O.Xudoyqulov va bosh boshqarma, tuman (shahar) bo'limlarining barcha xodimlari bo'lim boshlig'i o'rinbosari kambag'allikni qisqartirish va mahallani qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha o'rinbosarlari ishtirokida sayyor yig'ilish o'tkazildi.

 

Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, korrupsiyaga qarshi kurashish Surxondaryo viloyati Kengashi kotibi S.Abduraimov so‘zga chiqib, Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari va qat’iy siyosiy irodalari bilan korrupsiya illatiga qarshi murosasiz kurashish olib borayotganligini, Prezidentimiz har bir chiqishlarida korrupsiyaga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik kurashmasin, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekanmiz, bu jirkanch illat davom etaverishini ta’kidladi. Bindan tashqari, korrupsiya davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga putur yetkazuvchi og’ir jinoyat ekanligi, ushbu jinoyatning ko’p turlari pora berish va pora olish, tavar va moddiy boyliklarni o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-taroj qilish va boshqa jinoyatlardan iborat ekanligini ta’kidladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda katta e’tibor qaratilayotganligini, 2027-yil yanvar oyida esa O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20219-yil 27-maydagi O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida 2020-yil 26-iyundagi PF-6013-sonli, 2021-yil 6-iyuldagi Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoaatchilik ishtirokini ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Farmonlari qsbul qilinganligini aytdi. O’zbekiston Respublikasining davlat fuqarolik xizmati to’g’risidagi Qonunida davklat xizmatchisi korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo’lgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shartligi, agar davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya faktlari to’g’risidagi axborotga ega bo’lsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar ko’rishi, shu jumladan yuqori turuvchi davlat organini darxol xabar qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerkaligi, korrupsiya faktlari to’g’risida xabar bergan davlat himoyasi ta’minlanganligini aytdi. Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq amasligi hamda har bir davlat xizmatchisining o’z faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim sharti ekanligini, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalasi qat’iy hisobga olinganligini aytdi. Shundan so’ng so’z Surxondaryo viloyati prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i Ibragimov Rustam Alijanovichga berildi. Ibragimov Rustam Alijanovich so’zga chiqib, O’zbekiston Respubliksining Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi  qonunining 5-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari  belgilab berilganligi ya’ni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari bu aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish , jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarinin ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga qaratilganligi aytildi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ayrim bandlari ya’ni, 167-moddasi uchinchi qismi d bandi (mabnsab mavqeyini suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zlashtirish yoki rastrata), 168-moddasi to’rtinchi qismi g bandi (xizmat movqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etish), 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og’dirib olish), 192-10-moddasi (NNT yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og’dirib olish), 192-11-moddasi ikkinchi qismining v bandi (g’arazgo’ylik niyatida sodir etilgan hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 209-moddasi ikkinchi qismining v bandi (g’arazgo’ylik niyatida sodir etilgan mansab soxtakorligi), 210-moddasi (pora olish), 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish), 213-moddasi (davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og’dirib olish ), 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi), 301-moddasi ikkinchi qismining b bandi (og’ir oqibatlarga sabab bo’lgan holda hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) moddalari haqida tushunchalar berib, bu kabi jinoyatlar korrupsiuyaviy jinoyatlar turiga kirishini aytib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura huzuzridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamintining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tashkiliy nazorat va tahlil bo’limi katta inspektori Abdullayev Orifjon Toshboltayevich  Hokim yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan kreditlarni maqsdali qonuniy chiqarishni hamda kredit chiqargandan keyin maqsadli ishlatilishi bo’yicha monitoring olib borishni o’z mansab movqeyiga sovuqqonlik bilan qaramaslikni tushuntirib o’tdi bu borada hokim yordamchilari tizmida korrupsion xolatlar juda ham ko’pligi bo’yicha misollar keltirib o’tildi. Jumladan Denov Jarqo’rg’on Bandixon tumanlari hokim yordamchilariga korrupsion xolat juda ham ko’payib ketganligi uchun misol tariqasida tushuntirib o’tildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan alohida reja ishlab chiqilganligi  hokim yordamchilari ta’minotchi bilan til biriktirb ishlab korrupsion xolatlarga yo’l qo’yayotganligi borasida ta’kidlab o’tdi, bu boradi tizmida korrupsion xolatlarga yo’l qo’ymasligimiz bo’yicha chora-tadbir ishlab chiqish bo’yicha kelishib olindi. Hokim yordamchilari tomonidan chiqarilgan kreditlarni maqsadli ishlatilishi hamda ushbu fuqaroni o’zi kreditni olgan yoki olmaganlik bo’yicha ishchi guruh tuzish bosh boshqarma tomonidan  reja qilib olindi. Shuningdek, mansabdor shaxs tomonidan o’zining amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmagan vakolatlari uchun olingan xizmatlar,imtiyozlar, ijtimoiy foydalar ham pora olish predmeti hisoblanishini ta’kidladi.  Jumladan inson hayoti davomida uchrab turadigan korrupsion to’qnashuv xolati yuzaga kelganda xar bir xodim qarshi kurashish lozimligini,korxonalarning ishlab chiqarishiga xamda iqtisodning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatib, bu xolat butun jamiyatning rivojlanishini ortga surishi mumkinligini tushuntirib o’tdi. Tizimdagi mansabdor shaxslar tomonidan  korrupsiyaviy jinoyatlarni   sodir etishi boshqa xodimlarga xam qing’ir ishlar sodir etish uchun turtki bo’layotganligi to’g’risida aniq misollar keltirib,xodimlarning huquqiy savodxonligini oshierish borasida qilishi kerak bo’lgan ishlar to’g’risida tavsiyalar berildi. Bundan tashqari bosh boshqarmaning tuman (shahar) tizim tashkilotlari hokim yordamchilarida ayrim sohada noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotganligini, o’z vazufasini sidqidildan bajarmasdan tashkilotga zarar zazar yetkazish holatlari aniqlanayothganligini tanqid qilib, har bir noqonuniy xatti-harakat bo’yicha qonun oldida javobgarlik muqarrarligi yuzasidan yig’ilish qatnashchilarini Bosh boshqarma boshlig’i ogohlantirdi.Yi’g’ilish so’ngida Bosh boshqarma boshlig’i so’zga chiqib,o’tkazilgan yig’ilishdan barcha xodimlar o’ziga xulosa qilishi va bu kabi seminarlar tez-tez o’tkazilib, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish tizimdagi xato va kamchilliklar bo’yicha tez orada bartaraf etish borasida barcha xodimlarga tushuntirib o’tildi. Tizimda ochiqlikni ta’minlash, axborot va ommoviy kommunikatsiyalar yo’nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi Xudoyqulov Odil Chorshanboyevich so’zga chiqib tizimda ochiqlikni ta’milash hamda amlaga oshirilayotgan ishlarni Bosh boshqarmaning veb saytlarida kunlik qilingan ishlar tadbirlarni joylashtirib borishni tushuntirb o’tdi. Ommaniy axborot xizmatini ta’milash kerakligini ma’lum qildi bu borada tanqid kelajamk mevasi ekanligi axborot xizmati davlat va fuqarolar o’rtasidagi ko’prik ekanligini aytib o’tdi, jamoatchilik nazoratini olib kerlkligi telegram kanallariga yoritib borishni ochiqlikni ta’minlash kerakligini, jamoatchilik nazorati bilan ishlash kerakligini, olib borilayotgan ishlar inson qadri uchun ekanligini aytib o’tdi.