Yangiliklar
Yangiliklar
2024-05-27
Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyatdagi tadbirkor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlarini ishga solish borasidagi masalalarga qaratilgan “Ayollar biznesini qo‘llab- quvvatlash” uchrashuv-muloqoti tashkil etildi.
Unda Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi sho'ba boshlig‘i Dilshod Normurodov va mas'ullar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini kengaytirish borasida olib borayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Viloyatda joriy yilning 1-may holatiga 12 ming 957 nafar xotin-qizlar bandligi taminlangan.
Xususan, 2 078 nafar xotin-qizlar doimiy ishga joylashtirilgan,
2 227 nafar xotin-qizlar jamoat ishlariga jalb qilingan, 8 052 nafar xotin-qizlar xotin-qizlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarda kasbga qayta o‘qitilgan, 5 399 nafari tadbirkorlik va moliyaviy savodxonligi o'qitilgan.