Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Aholi bandligini ta’minlash ustuvor vazifamiz 2024-yil may oyida Sho‘rchi tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan jami 284 nafar shundan 203 nafar doimiy, 81 nafari mavsumiy jamoat ishlarga joylashtirildi  hamda jami 108 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi. 

error

2024-05-30

Aholi bandligini ta’minlash ustuvor vazifamiz

2024-yil may oyida Sho‘rchi tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan jami 284 nafar shundan 203 nafar doimiy, 81 nafari mavsumiy jamoat ishlarga joylashtirildi  hamda jami 108 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitildi. 

Shuningdek, yanvar-fevral oylarida 861 nafar aholi biznesga jalb qilindi.

Shundan yo‘nalishlar kesimida,

-  o‘zini o‘zi band qilish hisobiga 736 nafar aholini biznesga;

- yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga  89 nafar aholi biznesga;

- tadbirkorlik subyektlari tashkil etish hisobiga 36 nafar aholi biznesga jalb qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 18-yanvardagi 03-RA 1/1-91-sonli topshirig‘iga asosan mahallalarda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammolarni hal qilish, “mahalla yettiligi” hamkorligini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil yetish bo‘yicha hududlarda bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari Mehnat yarmarkalarini tashkil yetish reja grafigiga asosan 2024-yil 23-may kuni Sho‘rchi tumanining Do‘stlik mahallasida joylashgan "Abu Ali Ibn Sino" nomidagi tibbiyot texnikumi binosida tuman hokimligi boshchiligida hamda sektor rahbarlari, mahalla yettiligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada tumandagi 76 ta tashkilot, korxona va muassasalar tomonidan 155 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Mahallalardan ish bilan band bo‘lmagan yuzdan oshiq ishsiz fuqarolar jalb etilib, shundan 13 nafariga doimiy va mavsumiy ish joylariga ishga yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari, 5 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qishga qabul qilindi.