Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-27
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida joriy yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yil yakuniga qadar ustuvor vazifalari hamda to‘g‘risida MA’LUMOT
Prezidentimizning tashabbuslari bilan mahallabay ishlash tizimi va hokim yordamchilari faoliyati 2022-yilda tashkil etildi.
Mahallabay ishlash tizimi va hokim yordamchilariga birinchi navbatda aholini tadbirkorlikka jalb etish asosiy vazifasi sifatida belgilab berildi.
Dastlab mahallalardagi har bir xonadon va ularning daromad manbalri bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirdik hamda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolar ro‘yxati shaklantirildi.
Ruxsatlaringiz bilan Maxallabay ishlash tizimi orqali joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tsam.
Aholi ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha iqtisodiy kompleks tarkibidagi tashkilotlar, Termiz shahar va tuman hokimliklari bilan olib borgan ishlarimiz natijasida 143 604 nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi;
Shundan,
- doimiy va mavsumiy ish joylariga 33 489 nafar,
- haq to‘lanadigan jamoat ishlariga 3 295 nafar,
- o‘zini o‘zi band qilish yo‘nalishida 94 908 nafar,
- yakka tartibdagi tadbirkorlik yo‘nalishida 5 200 nafar,
- 529 nafari fuqarolarning hunarmandchilik,
- 6183 nafar fuqarolarga ijara asosida yer ajratilishi hisobiga bandligi ta’minlandi.
II. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dastur”lari doirasida ajratilgan kreditlar bo‘yicha.
“Onlayn mahalla” platformasiga kredit olish istagini bildirib 30 mingga yaqin aholi murojaat qilgan.
Ushbu fuqarolar tomonidan 596,0 mlrd. so‘mlik kreditga ehtiyoj borligi bildirilgan.
Mazkur fuqarolarning 16,4 ming nafarga ijobiy tavsiyanomalar berildi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 15,2 ming ta loyihalarga “Har bir oila-tadbirkor” dasturi asosida 237,0 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
III. Subsidiya ajratish bo‘yicha.
Hokim yordamchilari tomonidan berilgan ijobiy tavsiyanomalari asosida, amalda 1463 nafar fuqarolarga (6 192,6 mln. so‘m) subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Jumladan;
- 21 nafar fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berish uchun 189,0 mln. so‘m subsidiya ajratildi;
- 1442 nafar fuqarolarga, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, fuqarolarga 6 003,6 mln. so‘m subsidiya mablag‘lari hisobidan, faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna, mehnat qurollari olib berildi;
Shundan;
- “Ayollar daftari”da 1097 nafar 4 720,6 mln. so‘m;
- “Yoshlar daftari”da 366 nafar 1 470,6 mln. so‘m;
Bundan tashqari, Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan ishsiz fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilgan holda tadbirkorliklarini boshlashlari uchun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Sariosiyo tumani “Jannatmakon” mahallasida yashovchi, “Yoshlar daftari”da turgan ishsiz fuqaro Qodirov Abduqodir Safarali o‘g‘liga o‘z tomorqasi va aholi tomorqalariga ishlash uchun motokultivator;
Bandixon tumani “Paxtakor” mahallasida yashovchi, “Yoshlar daftari”da turgan ishsiz fuqaro Aliyeva Nilufar Xaqqulovnaga o‘zini-o‘zi band qilib etikdo‘zlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun etikdo‘zlik tikuv mashinkasi;
“O‘rgilsoy” mahallasida yashovchi, “Yoshlar daftari”da turgan ishsiz fuqaro Rajabov Sardor Usmon o‘g‘liga o‘zini-o‘zi band qilib avtomobillar yuvish xizmatini tashkil etish faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur asbob-uskunalar (karcher va chang yutgich);
Oltinsoy tumani “Qumpaykal” mahallasida yashovchi, “Yoshlar daftari”da turgan ishsiz fuqaro Xolmamatov Muhammadsolih Musurmon o‘g‘liga o‘zini-o‘zi band qilib sartaroshxona xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur asbob-uskunalari olib berildi.
Ushbu fuqarolar soliq organlarida o‘zini-o‘zi band qilib ro‘yxatdan o‘tgan xolda o‘z faoliyatlarini boshlab o‘zi va oilasiga daromad keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘z tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan ishsiz fuqarolarga zarur asbob-uskuna va mexnat qurollari subsidiya asosida berilgandan kiyin soliq organlarida o‘zini-o‘zi band qilib ro‘yxatdan o‘tkaziladi. (bugungi kunda bir yillik to‘lovi 340,0 ming.so‘m).
IV. Tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish yo‘nalishida.
Shu bilan birgalikda, loyiha qiymati 404,6 mlrd.so‘mlik 2 207 ta kichik loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 6 355 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida loyiha qiymati 230,3 mlrd.so‘mlik 1 248 ta kichik loyihalar ishga tushirilishi natijasida 3 681 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
- 2 197 ta yuridik va 5 105 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Natijada 14 604 nafar fuqarolar bandligi ta’minlandi.
Prezidentimizning 2023-yil 14-sentyabrdagi PQ-306 sonli qarori bo‘yicha
Qarorga asosan joriy yilning o‘tgan davrida 24 568 ta ariza topshirilgan bo‘lib shundan, 6 907 ta ariza skoring natijalariga ko‘ra ijobiy xulosa berilib, 3 932 ta loyiha tashabbuskorga 381,7 mlrd.so‘mlik kredit hujjatlari tijorat bankiga topshirilgan, shundan, 3 468 ta tadbirkorlarga 278,4 mlrd.so‘m kredit ajratilgan.
Bundan tashqari biz tijorat banklari bilan mahallalarda kichik ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun joriy yilning yakuniga qadar har bir mahalladan kamida 5 tadan tadbirkorga kredit ajratishni o‘z oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Misol uchun:
Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayog‘och” mahallasida yashovchi fuqaro Berdimurodov Sobir Boymurodovich rahbarligida tashkil qilingan “Xudoyorbek Kelajakga sarmoya” MCHJ korxonasi tomonidan 100,0 mln. so‘mlik kredit mablag‘i hisobiga ko‘rpa to‘shaklar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi hisobiga 6 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;
Boysun tumani “Ariq usti” mahallasida yashovchi fuqaro Jo‘rayeva Nilufar Davronovna rahbarligida tashkil qilingan “DREAM’S SHAHRINAZ” oilaviy korxonasi 100,0 mln. so‘mlik kredit mablag‘i hisobiga to‘qimachilik, zardo‘zchilik va tikuvchilik loyihasini amalga oshirishi hisobiga 5 ta yangi ish o‘rinlarini yaratdi;
V.Ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish.
Hokim yordamchilari tomonidan ish bilan band bo‘lmagan yoshlar, xotin-qizlarni kasb-xunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Bandlik vazirligi qoshidagi monomarkaz va kasb hunarga o‘qitish markazlaridan tashqari, qo‘shimcha 12 ta nodavlat ta’lim tashkilotlari tashkil etilib, joriy yilda 39 ta ko‘paydi.
O‘qish istagi bo‘lgan 6 282 nafar fuqarodan 6 007 nafari kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitildi.
VIII. Aholiga ijaraga yer maydoni ajratish
viloyatda 1 258 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlari 1 348 ta lotlarga bo‘linib, “Ye-AUKSION” savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlovga qo‘yildi.
Auksion natijasiga ko‘ra 238 gektar yer maydonlari 275 nafar fuqarolarga ajratildi.
Buning natijasida 550 ga yaqin fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
Ushbu ajratilgan yer maydonlaridan yuqori hosil va daromad olish maqsadida “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili asosida oziq-ovqat ekinlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda hamda har bir mahallaga “Tomorqa hizmati” MCHJlar biriktirildi.
Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida auksion orqali ajratilgan yer maydonlaridan 1 428 ta lotlar hokim yordamchilari tomonidan o‘rganilganildi. O‘rganish jarayonlarida ushbu lotlardan 60,0 ming tonna mahsulotlar yetishtirilmoqda. Jumladan,
- 523 ta lotda sabzavot mahsulotlari (31,0 ming tonna);
- 110 ta lotda kartoshka (4,7 ming tonna);
- 242 ta lotda poliz ekinlari (6.7 ming tonna);
- 253 ta lotda don va dukkakli ekinlar (9,1 ming tonna);
- 98 ta lotda moyli ekinlar (1,1 ming tonna);
- 202 ta lotda boshqa (7,4 ming tonna) mahsulotlar olinmoqda.
Bundan tashqari 2022-2024-yillarda dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarida har bir tumanda 3 tadan jami 42 ta konturlardan 418,57 gektar yer maydoni tanlab olindi.
Ushbu yer maydonlari uchun namunali loyihalar ishlab chiqilib, ularga 24 ta “agregatorlar” (urug‘lik va ko‘chatlarni yetkazib beruvchi va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib oluvchi tadbirkorlar) biriktirildi.
Bugungi kunda ushbu tanlangan yer maydonlarining 118,8 gektarda piyoz, 50,64 gektarda pomidor, 16,2 gektarda kartoshka, 26,6 gektarda karam, 11,8 gektarda sabzi, 26,6 gektarda ko‘kat, 3,0 gektarda carimsoq piyoz, 3,2 gektarda qovoq 16,6 gektarda tarvuz, 24,8 gektarda qovun, 29,0 gektarda makka-jo‘xori 33,1 gektarda bug‘doy va 57,8 gektarda boshqa mahsulotlar ekildi.
Misol uchun, Angor tumani “Kayran” Mahallasida belgilab olingan 6,9 gektar yer maydonida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida poliz mahsulotlari (Tarvuz va qovun) yetishtirib kelinmoqda.
Muzrabot tumani “Bodomzor” Mahallasida belgilab olingan 8 gektar yer maydonida 40 nafar fuqarolar “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida poliz mahsulotlari (Tarvuz va qovun) yetishtirilmoqda. Ushbu konturdan 220 tonna mahsulot yetishtirilishiga erishildi.
Termiz tumani “Orol” Mahallasida belgilab olingan 16 gektar yer maydonida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida lider tadbirkor YATT Solixov Murod tomonidan Petrushka (Kukat) mahsuloti etishtirilmoqda.
Bir mavsumda 30 sotix yer maydoniga agrotexnik xizmat va urug‘ olish hamda yetishtirib hosil olgungacha 5,0 mln.so‘m sarf xarajat qilinadi.
Yetishtirilgan mahsulotdan bir necha bor hosil olinishini hisobga oladigan bo‘lsak bir xosilidan 1,5 tonna ko‘kat olinib kilosini 25,0 mingdan sotib 37,5 mln.so‘m daromad olmoqda.
VII. Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha 1 574 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan sohalar kesimda qaraydigan bo‘lsak 472 ta subsidiya, 630 ta kreditlar ajratilishi, 94 ta hokim yordamchilari faoliyati, 142 ta yer ajratilishi hamda 236 ta boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 562 tasiga (99%) javob berilgan.Qolgan 12 ta (1%) murojaatlar o‘rganish jarayonida.
Jumladan 1 574 ta murojaatlarning 890 tasi (57%) ijobiy hal etilgan, 374 tasi (24%) huquqiy ma’lumot berish orqali hal etilgan, 204 tasiga (13%) tushuntirish berilgan, 96 tasi (6%) rad etilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 472 tasi (30%) subsidiya ajratish, 630 tasi (40%) kredit ajratish masalasi, 142 tasi (9%) ijara asosida yerlar ajratilishi, 236 tasi (15%) boshqalar sohalar, 94 tasi (6%) hokim yordamchilar faoliyati yuzasidan, tashkil etgan.
Viloyatning 724 ta mahallalardan hozirgi vaqtda 720 ta mahallalarda hokim yordamchilari faoliyat yuritib kelmoqda. 4 ta mahallalarda hokim yordamchilari lavozimi vakant. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 15 nafar hokim yordamchilari yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan, 117 nafari tomonlarning kelishuviga ko‘ra (o‘z hohishiga ) ishdan bo‘shatilgan, 75 nafar hokim yordamchilariga intizomiy jazolar qo‘llanilgan. Sud qaroriga bilan ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 4 nafar hokim yordamchilarining bir tomonlama mehnat shartnomasi bekor qilindi.
II. 2024-yil yakuniga qadar quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Aholi bandligi ta’minlash borasida 170, 0 ming nafar ishsiz aholini doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, 82,0 ming nafar fuqarolarni o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olish, 5,0 ming nafarini hunarmadchilikka, 6,6 ming nafarini yakka tartibdagi tadbirkorlikka (yollanma bilan birga) va 6,0. ming nafarini jamoat ishlarga jalb qilish choralari ko‘riladi.
2. Aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatish maqsadida 13 ming 529 nafar fuqarolar (shundan kasb-xunarga 7 ming 51 nafar va tadbirkorlikka 6 ming 478 ming nafar fuqarolar) o‘qitish uchun yo‘naltiriladi.
Shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan 200 nafar yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, o‘qitish bo‘yicha NTTga sarflangan xarajatlarning 70 foizi davlat tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.
3. Aholini tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 21 mingga yaqin loyihalarga 330,0 mlrd.so‘mlik imtiyozli kreditlar hamda 6,1 ming ishsiz fuqarolarga 26,4 mlrd.so‘mlik 9 ta turdagi subsidiyalar ajratiladi.
Bunda, murojaatnomada belgilab berilgan, ustivor vazifalardan kelib chiqib, kelgusi yilda tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratib dasturlar qabul qilinadi. Jozibadorligi yetarli bo‘lmagan 5 ta tuman – 4-toifa va sharoiti og‘ir bo‘lgan 3 ta tuman – 5-toifa tumanlariga alohida e’tibor qaratiladi.
4. Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 1,3 mingta investitsiya dasturiga kiritilmagan mahallabay mikroloyihalar amalga oshirilib, 4,4 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
5. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024-yilda mahallalarda 5 mingga yaqin yuridik va 7 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
6. Ijara asosida ajratilgan yerlardan olinayotgan hosilni statistika hisobotlarida to‘g‘ri aks ettirish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirilishi hamda bu yo‘nalishda aholi olayotgan daromadlar hisobini kuzatib borish maqsadida, hokim yordamchilariga yil davomida yer maydonlaridan foydalanish yuzasidan monitoring yuritiladi.
Bunda, hokim yordamchilari yil davomida ekin ekish (birinchi, takroriy va to‘qsonbosti ekinlar) davrida yer maydonlarini joyida o‘rganib, ekilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni turlari va miqdori bo‘yicha “Onlayn mahalla” platformasiga kiritib boradi.
7. Ijara asosida ajratilgan yer maydonlarini bozor mexanizmlari orqali samarali boshqarish maqsadida, yuqori qiymatga ega mahsulot yetishtirishni tashkil etish va uni sotishgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni nazarda tutuvchi “Agregator” tizimini amaliyotga joriy qilinadi.
8. Ixtisoslashgan mahallalarga yaqin hududlarda 4 ta mikromarkazlar tashkil etiladi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklarni bartaraf etib, kelgusi faoliyatimizda kamchilarga yo‘l qo‘ymaslikka, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishga bor kuch g‘ayratimizni safarbar qilamiz.