Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-17
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risidagi 2023-yil 30-noyabr kunidagi 635-sonli Qarori tasdiqlangan.
Qarorga asosan, talabgor Davlat xizmatlari orqali vakolatli organga ariza bergan taqdirda, Hududiy mehnat organi tomonidan malaka sertifikatini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini rasmiylashtirish belgilangan.
Shu munosabat bilan 2024-yil 17-iyul kuni soat 10.00 da Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida malaka sertifikatini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazildi.
Malaka imtihonini o‘tkazish jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga(ovozli) tushirish uchun vakolatli organ malaka imtihonlarini tashkil etgan holda, alohida test xonasida hamda zamonaviy texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli video kamera, internet aloqa va boshqalar) bilan ta’minlanib, talabgor uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilgan holda bo‘lib o‘tdi.
Imtihon natijalariga
ko‘ra Boltayev
Jumanazar Juraqobilovich 69,16
ball bilan o‘tdi va bosh boshqarmaning sertifikati berildi.