Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Navbatdagi mehnat yarmarkasi Jarqo‘rg‘on tumanida bo'lib o'tdi

error

2024-07-12

Navbatdagi mehnat yarmarkasi Jarqo‘rg‘on tumanida bo'lib o'tdi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5241-sonli qaroriga, viloyat hokimligi hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida, tumanning “Oboduzar” mahallasida joylashgan Biznes va yengil sanoat texnikumida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu mehnat yarmarkasida 17 ta korxona tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan  361 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. 

Yarmarkada yuzga yaqin fuqarolar ishtirok etib,  22 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning 9 nafari va qurolli kuchlardan qaytgan fuqarolarning 4 nafari o‘zini-o‘zi band qildirildi.

Ayollar daftarida turgan ishsiz ayollarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berilib, 23 nafar ishsiz bo‘lgan ayollar o‘zini-o‘zi band qilindi. 30 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

Telegram (http://t.me/surxonbandlik)|web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)|facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)