Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (my.gov.uz) samarali foydalanish

error

2024-07-19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida keksa va o‘rta yoshdagi aholiga Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlash, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va boshqa texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifalar yuzasidan bugun Surxondaryo viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy sho‘basi hamkorligida “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (my.gov.uz) samarali foydalanish yuzasidan  “my.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening hamda viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.