Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-24
Uyda beshik tebratib, ro‘zg‘or yumushlaridan ortib, kunlik qo'shimcha 180 ming daromad topayotgan qo‘llar
Sho‘rchilik Gulsoat Kunarova asli kasbi o‘qituvchi. Mahallasidagi hokim yordamchisiga murojaat qilib imtiyozli kredit oldi va tadbirkor ayolga aylandi.
Gulsoat opa dastlab 5 kishini bugungi kunda esa 15 ta ishsiz daftarlarda turgan ayollarni doimiy bandligini va 30 ga yaqin xotin-qizlarni mavsumiy ish bilan ta’minlagan.
"Ishimiz juda yaxshi, hamma ishchilarim yashiklarni yasab kuniga 160-180 ming daromad qilishmoqda. Mavsumda sof daromadimiz 100 mlnni tashkil qilyapti, shu tadbirkorlik faoliyatini boshlaganimiz beri oilamizda turmush sharoitimiz yanada yaxshilandi, to‘ylar qildik, mashinalar oldik, shogirdlar tayyorlayapman, yaratilgan sharoitlar uchun davlat rahbarimizga rahmat aytaman"-deydi suhbatdoshimiz. (https://t.me/surxonbandlik/5745)