Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-01
Denov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, professional ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan ilk bor mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida "Istiqbol" mahallasida joylashgan Denov Tadbirkorlik va Pedagogika institutida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu Mehnat bozori yarmarkasida tumanda faoliyat yuritib kelayotgan budjet tashkilotlari va sanoat korxonalaridan 378 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlarga tumandagi ishsiz yoshlar, “Ayollar” daftarida turgan ishsiz ayollardan 210 nafari ishtirok etdi.
Ushbu murojaat qilgan fuqarolarning 80 nafariga o‘zlariga maqbul keluvchi iqtisodiyotning turli sohasidagi ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berilib, ishga joylashishiga ko‘maklashildi, shundan 16 nafari yoshlarni tashkil etadi. 130 nafar fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.