Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan yetti oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

error

2024-08-06

#Sarhisob

Bugun Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan yetti oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda bosh boshqarma apparat xodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimi va Surxondaryo viloyati filiali rahbari, tuman shaharlardagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari hamda tasarrufiy tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar va iyul oyi yakuni bo‘yicha natijalar muhokama qilindi. jumladan, 2024-yil 9-yanvardagi PQ-7 sonli qaror, KPI va dasturiy vazifalar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xorijga ishga ketish istagida bo‘lgan fuqarolarni nemis tiliga o‘qitish va sertifikat olish uchun imtihonlarga tayyorlash jarayonlari qoniqarsiz tashkil etilganligi qattiq tanqid qilinib mas’ullarga intizomiy choralar berilishi belgilandi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.